Thursday, 30 June 2016 00:00

Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha qaror imzolandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 16 mayda “Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror imzolandi.

Mazkur qaror qabul qilinishidan maqsad O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 04 maydagi “2015 - 2019 yillar uchun ishlab chiqarish tarkibiy islohotlarini, modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PF-4707-sonli Farmoni bilan nazarda tutilgan ustuvor investitsiya loyihalarining o’z vaqtida va samarali realizatsiya qilinishini ta’minlash, shuningdek Koreya yetakchi kompaniyalari investitsiyalarining aktsiyadorlik jamiyatlariga jalb qilinishi kengaytirishdan iborat.

Qarorda qayd etilganidek, Seul shahrida (Koreya fond birjasi ko’magida) joriy yilning 27-29 aprel kunlari o’tkazilgan   O’zbekiston-Koreya biznes-forumi yakunlari bo’yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini tayyorlash va Koreya investorlari tomonidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari (AJ shaklidagi xo’jalik birlashmalari)ning Respublika aktsiyadorlik jamiyatlari Ustav kapitallaridagi hissalarini realizatsiya qilish bo’yicha shartnomalar va bitimlar tuzilgan.

Mazkur Qaror bilan yuqorida qayd etilgan biznes-forum yakunlari bo’yicha Koreyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan erishilgan kelishuvlar va shartnomalarni realizatsiya qilish bo’yicha chora-tadbirlarning uchta rejasi tasdiqlangan.

Jumladan, Qarorga 2-sonli ilovada yuqorida qayd etilgan biznes-forum yakunlari bo’yicha imzolangan 2016 yil mobaynida Koreyaning yetakchi kompaniyalari tomonidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining quyidagi aktsiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi hissalarini realizatsiya qilish to’g’risidagi yakuniy bitimlar ijrosi bo’yicha chora-tadbirlar rejasi keltirilgan: «O’ztemiryo’lkonteyner» AJ (15% - 4,5 mln. dollar miqdorda), «Sarbon neftegaz» (51% - 3,8 mln. dollar miqdorda), «O’zqishloqxo’jalikmash-lizing» (15% - 7,8 mln. dollar miqdorda), Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati (20,18% - 2,6 mln. dollar miqdorda), “Ravnaqbank” (15% - 0,5 mln. dollar miqdorda) va yana 4 ta AJ.

Shuningdek, Qarorga 3-sonli ilovada qayd etilganki, forum davomida Koreyaning yetakchi kompaniyalari va banklari tomonidan quyidagi aktsiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi hissalarini realizatsiya qilish bo’yicha memorandumlar va bayonnomalar imzolangan: “O’zsanoatqurilishbank” (15% - 63,6 mln. dollar miqdorda), “Asakabank” (15% - 58 mln. dollar miqdorda), “Aloqabank” (47,54% - 42,7 mln. dollar miqdorda), “O’zekspomarkaz” Milliy ko’rgazma majmui (38,3% - 24,9 mln. dollar miqdorda), Xalqaro hamkorlik markazi (29,9% - 32,2 mln. dollar miqdorda) va yana 4 ta AJ. Bunda mazkur tadbirlar va bayonnomalar ijro muddatlari 2016 va 2017 yillarga begilangan.

Shu bilan birga, Qarorga 2 va 3-sonli ilovalar izohlarida belgilangan muddat mobaynida xorijiy investorlar tomonidan realizatsiya qilinmagan taqdirda, hissalar kimoshdi savdolarida realizatsiya qilinishi mumkinligi qayd etiladi.

Bundan tashqari, mazkur Qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 fevraldagi R-4613-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan 2015 yil 5-6 noyabrda Toshkent shahrida o’tkazilgan Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlar yakunlari bo’yicha davlat, xo’jalik boshqaruv organlari va xo’jalik yurituvchi jamiyatlar aktivlarini realizatsiya qilish bo’yicha chora-tadbirlar Rejasi taalluqli topshiriqlari haqiqiy emas deb topilgan.

 

Manba: Qimmatli qog’ozlar bozorini o’zaro muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.

Yangiliklarga obuna

Yangiliklari «SARBON-NEFTEGAZ» AJ

So'rov

Nima siz bizning saytimizga kabi?

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0

Ob-havo. Valyuta kursi.

Bog'lanish

Манзил: г. Ташкент, ул. Аэродромная, 118.
Телефон: (+99871) 231-78-41
Факс: (+99871) 231-78-44

Top