Thursday, 30 June 2016 00:00

“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 25 aprelda imzolangan Qonunga muvofiq, 24 ta qonun hujjatlariga, shu jumladan “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan.

 

Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarni takomillashtirish zarurati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoni qabul qilinishi bilan bog’liq bo’lib, ushbu Farmon bilan korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

Xalqaro amaliyotga asoslangan holda ifodalangan Qonunning 18-moddasi yangi tahriri shuni belgilaydiki, AJ ustav kapitalining oshirilishi endi faqat qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Oldingi tahrir AJ ustav kapitalini aktsiyalar nominal qiymatini oshirish orqali ham ko’paytirish imkonini berardi, bu esa qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va topshirishdan farqli ravishda, aktsiyadorlar uchun daromad hisoblanmaydi. Amaliyot ko’rsatishicha, AJ ustav kapitalini aktsiyalar nominal qiymatini oshirish orqali ham ko’paytirish aktsiyadorlarni, ayniqsa, minoritar aktsiyadorlarni ularga tegishli aktsiyalarning haqiqiy qiymati yuzasidan yanglishtiradi, chunki aktsiyalarning oldi-sotdisi, shuningdek aktsiyadorlar talabi bo’yicha aktsiyalarning jamiyat tomonidan pul to’lab qaytib olinishi, ularning nominal qiymatidan qat’iy nazar, bozor narxlarida amalga oshiriladi.

Qonunning 40-moddasi xalqaro amaliyotda keng yoyilgan me’yor bilan to’ldirilgan bo’lib, unga muvofiq AJning 50% va undan ko’proq foiz aktsiyalari egasi bo’lgan shaxs, agar bunga qadar ushbu shaxs aktsiyalarga ega bo’lmagan yoki AJning 50%dan kamroq aktsiyalariga egalik qilgan bo’lsa, 30 kun ichida qolgan aktsiyalar egalariga unga aktsiyalarni bozor narxi bo’yicha sotish taklifini e’lon qilishi shart.

E’lon qilingan kundan boshlab 30 kun ichida aktsiyadorning o’ziga tegishli aktsiyalarni sotish to’g’risida yozma roziligi olingan taqdirda, AJning 50% va undan ko’proq foiz aktsiyalari egasi ushbu aktsiyalarni sotib olishi shart.

Qonunning 40-moddasiga mazkur qo’shimcha minoritar aktsiyadorlar manfaatlarini himoyalash uchun zarur, chunki 50% va undan ko’proq foiz aktsiyalar egasi deyarli har qanday qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin, sababi Qonunning 60-moddasiga muvofiq aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qarorlari, ovozlarning 4/3 qismini talab qiladigan ayrim holatlardan tashqari, ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Bundan tashqari, Qonunning 68-moddasida aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi, agar yig’ilishda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tkazish yakunlangan paytda AJning tarqatilgan ovoz beruvchi aktsiyalarining jami 50%idan ko’proq ovozga ega aktsiyadorlar ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, ushbu yig’ilish qonuniy huquqqa (kvorumga) ega bo’lishi belgilangan.

Qonunning 60-moddasiga kiritilgan, quyidagilarni belgilovchi qo’shimcha ham diqqatga sazovor: AJ ustav kapitalidagi davlat hissasini mavjud soliq va davlat oldidagi boshqa qarzlar hisobiga shakllantirish yoki oshirish bo’yicha qaror aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan aktsiyadorlarning oddiy ko’pchilik ovozlari bilan, AJning tarqatilgan ovoz beruvchi aktsiyalarining eng kamida 3/2 egalari (davlatdan tashqari) roziligi mavjudligida qabul qilinadi. Qonunga bunday qo’shimcha kiritilganligining asosiy sabablaridan biri shundan iboratki, davlat oldidagi soliqlar, yig’imlar va jarimalar ko’rinishidagi qarzdorlikni AJda davlat hissasini oshirish (tashkil qilish) orqali restrukturizatsiya qilish, taalluqli ravishda, AJ boshqa aktsiyadorlari ustav kapitalidagi hissalarining foiz nisbatida kamayishiga olib keladi. Mazkur holat, odatda, o’z hissalari miqdorini saqlab qolishdan manfaatdor xususiy investorlarning qonuniy manfaatlarini cheklab qo’yadi, chunki ular hissalari kamaytirilishi oqibatida aktsiyadorlar yig’ilishlarida ovoz berish va Kuzatuv kengashiga nomzodlarni ko’rsatish vaqtida ular mavqelarini kuchsizlantiradi, shuningdek navbatdan tashqari yig’ilishlarni chaqirish va (yoki) AJda auditorlik tekshiruvini tashkil qilish huquqlari yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eslatib o’tamiz, Qonunning 111-moddasiga muvofiq, davlat boshqa aktsiyadorlar bilan bir qatorda aktsiyador sifatida mazkur Qonun bilan belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega.

Yuqorida qayd etilgan Qonunga kiritilgan yangiliklar bilan qatorda, mazkur Qonunning 51-moddasiga muhim aniqlik kiritilgan bo’lib, unga muvofiq jamiyat tomonidan oddiy aktsiyalar bo’yicha hisoblab yozilgan dividendlar to’lovi aktsiyadorlarning dividendlar olish uchun teng huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Bunday aniqlik kiritilishi, odatda, amaliyotda dividendlar birinchi navbatda AJ ijroiya organiga katta ta’sirga ega yirik aktsiyadorlarga to’lanishi, bir necha o’n ming nafar jismoniy shaxslar – Respublika fuqarolaridan iborat minoritar aktsiyadorlarga esa dividendlar to’lovi ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bo’yicha sezilarli kechikishlar bilan amalga oshirilishi yoki umuman to’lanmasligi holatlari bilan bog’liq.

Shu tufayli, AJ foydani taqsimlash bo’yicha qaror qabul qilingunga qadar uning tarkibini, aynan esa butun dividendlar summasini Qonunning 51-moddasiga muvofiq bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kundan kechiktirilishi mumkin bo’lmagan to’lov muddati mobaynida to’lash imkoniyatini o’rganib chiqishi kerak, bunda AJ bankrotlik alomatlariga ega bo’lmasligi kerak. Eslatib o’tamiz, amaliyotda kirim va chiqimlar buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun hisoblab yozish usuli qo’llaniladi, shu tufayli AJ foydasi qisman debitorlik qarzlaridan iborat bo’ladi va AJ hisob-kitob schyotiga pul mablag’larining haqiqiy tushumlari (undirib olishlar)ga qarab aktsiyadorlarga dividendlar to’lanadi.

Bundan tashqari, AJ ustav kapitalini oshirish tartibini soddalashtirish maqsadida Kuzatuv kengashiga endilikda AJ ustav kapitalini oshirish to’g’risida qaror qabul qilish huquqi bilan bir qatorda, AJning e’lon qilingan aktsiyalari soni kamayishi bilan bog’liq AJ ustaviga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish huquqi ham berilgan. Ma’lumki, Qonunning 18-moddasiga muvofiq, AJ ustav kapitali oshirilishi tarqatilgan qo’shimcha aktsiyalarning nominal qiymati miqdorida ro’yxatdan o’tkaziladi, bunda AJ ustavida qayd etilgan e’lon qilingan muayyan turdagi aktsiyalar soni ushbu turdagi tarqatilgan qo’shimcha aktsiyalar soniga kamaytirilishi kerak.

“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga yuqorida qayd etilgan va boshqa o’zgartirishlar va qo’shimchalar bugungi kundan, aynan esa “Xalq so’zi” gazetasining 81(6486)-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.

 

Manba: Qimmatli qog’ozlar bozorini o’zaro muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

Yangiliklarga obuna

Yangiliklari «SARBON-NEFTEGAZ» AJ

So'rov

Nima siz bizning saytimizga kabi?

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0

Ob-havo. Valyuta kursi.

Bog'lanish

Манзил: г. Ташкент, ул. Аэродромная, 118.
Телефон: (+99871) 231-78-41
Факс: (+99871) 231-78-44

Top